DIQQAT! DOKTORANTURA, TAYANCH DOKTORANTURA VA STAJYOR-TADQIQOTCHILIKKA HUJJATLAR QABULI BOSHLANDI!


   DIQQAT! DOKTORANTURA, TAYANCH DOKTORANTURA VA STAJYOR-TADQIQOTCHILIKKA HUJJATLAR QABULI BOSHLANDI!

   Qabul muddati:
2025-yil 5-oktabrdan 5-noyabrga qadar
   Hujjatlar Yagona elektron tizim — daraja.ilmiy.uz
 platformasi orqali qabul qilinadi


    ✅ Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi 2025-yil uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD) hamda stajyor-tadqiqotchilikka hujjat qabul qiladi:

     02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi
PhD – 2 o‘rin

    04.00.01 – Umumiy va mintaqaviy geologiya
DSc – 1 o‘rin
PhD – 2 o‘rin
Stajyor-tadqiqotchi – 1 o‘rin

   04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq,yer osti va qurilish)
PhD – 1 o‘rin
Stajyor-tadqiqotchi – 1 o‘rin

    06.01.08 – O‘simlikshunoslik
PhD – 2 o‘rin

    06.02.01 - Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish, seleksiyasi va genetikasi. Qorako‘lchilik 
PhD – 1 o‘rin

    13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta‘limotlar tarixi 
PhD – 1 o‘rin
Stajyor-tadqiqotchi – 1 o‘rin

    05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi
PhD – 1 o‘rin

    Talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati:


Ariza.
Qisqacha biografik ma’lumot (3.5-shakl bo‘yicha, o‘zbekcha va ruscha).
Mehnat daftarchasi nusxasi (ishlayotganlar uchun).
Magistratura yoki mutaxassislik diplomi nusxasi.
Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
Ish joyidan tavsifnoma (mustaqil izlanuvchilar uchun).
Pasport nusxasi.
Prezident davlat stipendiyasi hujjati (mavjud bo‘lsa).
Til bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat.

  Eslatma:
Doktorantura va tayanch doktoranturaga topshiruvchilar uchun til sertifikati majburiy hisoblanadi.
Talabgorlar hujjatlari ilmiy yoki ta’lim tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqilib qabul qilinadi yoki rad etiladi.
     
 Mas‘ul: Saidova L. tel: +998 90 730 00 77


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!